Rasman! CAFA U-17 Championship 2026 Toshkentda bo‘lib o‘tadi

  • 12.03.2026 17:05
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Joriy yilning 4–14– aprel kunlari Milliy futbol markazida CAFA U-17 Championship 2026 turniri o‘tkaziladi.

Turnirda O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston terma jamoalari ishtirok etadi. CAFA U-17 Chempionati yosh futbolchilarni rivojlantirish, ularni mintaqaviy va jahon miqyosidagi musobaqalarga tayyorlash, shuningdek, markaziy osiyolik eng yaxshi yosh iste’dodlarni namoyish etish imkoniyatini beradi.

Ma’lumot uchun: Ushbu musobaqada Ayder Kurbaev boshqaruvidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!