Rasman! "Chelsi" italiyalik mutaxassis bilan shartnoma imzoladi

  • 03.06.2024 19:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol

Rasman "Chelsi" Entso Mareskani yangi bosh murabbiyi sifatida e’lon qildi. 

Italiyalik mutaxassis bilan 5 yillik shartnoma imzolandi. Shuningdek, bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bor. Murabbiy uchun "aristokratlar" 10 million evro tavon puli to‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq "Chelsi" rahbariyati Maurisio Pochettino bilan kelishgan holda shartnomani bekor qilgan. Mareska esa o‘tgan mavsum "Manchester Siti"ni tark etib, "tulkilar" jamoasi boshqaruviga o‘tgandi. Shu bilan birga, "Lester"ni Chempionship g‘olibiga ham aylantirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Farxod Mirzamatov
03/06/2024 19:31
O‘zbekcha Futbol padkasti tugadimi endi?