Rasman: «Chelsi» Koul Palmer bilan shartnomani 2034 yilgacha uzaytirdi
«Chelsi» klubi hujumkor yarim himoyachi Koul Palmer bilan yangi shartnoma imzolanganini ma’lum qildi. Kelishuv 2034 yilgacha mo‘ljallangan.
«Futbol klubi “Chelsi” Koul Palmer 2034 yilgacha amal qiladigan yangi shartnoma imzolaganini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi», — deyiladi klubning rasmiy saytidagi xabarda.
Palmer 2023 yil kuzidan buyon London klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. U jamoa safida 138 ta uchrashuvda maydonga tushib, 58 ta gol urgan va 34 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining transfer qiymati 110 million evroga baholangan.

Fikrlar