Rasman. "Chelsi" Xabi Alonsoni bosh murabbiy etib tayinlandi
Londonning "Chelsi" klubi Xabi Alonso jamoaning yangi bosh murabbiyi etib rasmiy tayinlandi.
44 yoshli ispaniyalik mutaxassis londonliklar bilan 4 yillik shartnoma imzoladi — 2030 yil yozigacha. U o‘z ish faoliyatini 1 iyuldan boshlaydi.
2025/26 mavsumda "Chelsi" ikki murabbiy bilan xayrlashdi — Enco Mareska va Liam Rosenyor ishdan bo‘shatildi. Ulardan keyin jamoani vaqtincha Kalum Makfarleyn boshqarib keldi. Hozirda “aristokratlar” APL jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.
Futbolchilik faoliyatida “Liverpul”, “Real” va “Bavariya” klublarida o‘ynagan Alonso murabbiy sifatida avval “Real” akademiyasida, keyin “Real Sosyedad”ning ikkinchi jamoasida ishlagan. 2022–2025 yillarda u “Bayer”ni boshqarib, 2023/24 mavsumda Germaniya chempioni bo‘ldi va musobaqani mag‘lubiyatsiz yakunladi, shuningdek Kubok va Superkubokni ham qo‘lga kiritdi.
Alonsoning so‘nggi ish joyi 2025 yil iyundan 2026 yil yanvargacha “Real” bo‘lgan. U 34 o‘yinda 24 g‘alaba, 4 durang va 6 mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar