
Rasman: Chicharito APLga qaytdi
Meksika terma jamoasi hujumchisi Xaver Ernandes o‘z faoliyatini yana Angliya Premer-ligasida davom ettiradi. Londonning "Vest Xem" klubi 29 yoshli futbolchini "Bayer"dan sotib oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Chichoritoning transferi qiymati 18 million evroni tashkil qilgan. Meksikalik futbolchi "bolg‘achilar" bilan 3 yillik shartnoma tuzgan.
Chichario 2015 yil yozidan "Bayer" sharafini himoya qilib kelayotgandi. U leverkuzenliklar uchun 76 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 39 ta gol yozib qo‘ygan.
Xaver Ernandes 2010-2014 yillar davomida Angliyaning eng mashhur klublaridan biri bo‘lgan "Manchester Yunayted"da to‘p surgan.
Fikrlar