
Rasman! David Luiz "Chelsi" bilan shartnomasini uzaytirdi
Braziliyalik himoyachi David Luiz “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tomonlar 2021 yilga qadar tuzilgan kelishuvni imzolashgan. Ta’kidlash kerakki, bu shartnoma qoidaga xilof ravishda tuzildi. Boisi, “aristokratlar” shu kungacha yoshi 30dan ortgan futbolchilarga bir yildan uzoq muddatga shartnoma taklif qilishmas edi.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli Luiz dastlab 2011-2014 yillarda “Chelsi” safida to‘p surgan. Keyin esa 2 mavsum PSJda o‘ynadi va shundan so‘ng yana "Stemford Brij"ga qaytdi. U o‘tgan davr mobaynida “aristokratlar” safida jami 246ta o‘yinda maydonga tushdi va 18ta gol urishga erishdi.
Fikrlar