Rasman! Doston Hamdamov "Paxtakor" bilan shartnomani uzaytirdi
Ijaradan qaytgan qanot yarim himoyachisi Doston Hamdamov "sherlar" tarkibida 2024 yil oxirigacha qoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Qatardagi faoliyatidan keyin "Paxtakor" ixtiyoriga qaytgan Hamdamov bilan klub o‘rtasidagi shartnoma muddati uzaytirildi. Endilikda Doston 2024 yil oxirigacha "Sherlar" tarkibida faoliyatini davom ettiradi.
Hamdamov hozirga qadar poytaxtliklar safida 90 o‘yinda 24 gol muallifi bo‘lgan.
Fikrlar