Rasman: Erling Holland "Borussiya" futbolchisiga aylandi
Dortmundning "Borussiya" klubi "Zaltsburg" hijumchisi Erling Hollandni o‘z safiga qo‘shib oldi.
19 yoshli futbolchi nemislar bilan 2024 yilning iyun oyigacha bitim imzoladi.
Norvegiyalik futbolchi "Borussiya" safiga 3 yanvardan qo‘shiladi va keyingi kundan boshlab, Ispaniyadagi yig‘inda ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, Holland joriy mavsum chempionlar ligasida 8 ta gol urdi va to‘purarlar ro‘yxatida 10 ta gol urgan Levandovskidan keyin, ikkinchi pog‘onani egallab turipti.

Fikrlar