Rasman! Ever Banega Saudiya Arabistoni klubiga ko‘chib o‘tdi

  • 15.09.2020 21:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Sevilya" yarim himoyachisi Ever Banega faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

32 yoshli argentinalik futbolchi "Al-Shabab" klubi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi. U arab jamoasiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.

Banega "Sevilya"dan tashqari, "Boka Xuniors", "Valensiya", "Atletiko", "Nyuellz Old Boyz" va "Inter" klublarida o‘ynagan. Argentina terma jamoasida 65 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!