
Rasman! Fergyuson Serronega qarshi jang qiladi
UFC engil vazn toifasidagi sobiq vaqtinchalik chempion Toni Fergyuson 8 iyun kuni tashkillashtirilayotgan UFC 238 turniri doirasida Donald Serronega qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, Toni MMAdagi faoliyati doirasida 24 g‘alaba va 3 mag‘lubiyatga ega va UFCda esa Fergyuson ketma-ket 11 bellashuvda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.
Serrone esa professional faoliyati doirasida 36 uchrashuvda g‘alaba qozongan, 11 bellashuvda imkoniyatni boy bergan. Oxirgi ikki jangini Aleksandr Ernandes hamda El Yakvintani er tishlatishga muvaffaq bo‘lgan.
Ta’kidlab o‘tish joizki, UFC 238 turniri kecha bahsi Genri Sexudo - Marlon Moraes qarama-qarshiligi bo‘lishi kutilmoqda.
Fikrlar