
Rasman! Hojimat Erkinov faoliyatini "Al-Vahda"da davom ettiradi (foto)
Rossiyaning "Torpedo" klubi vakili Hojimat Erkinov faoliyatini BAAda davom ettiradi. "Al-Vahda" klubi futbolchimizning transferini rasman e’lon qildi.
U yangi jamoasi safida 15-raqam ostida to‘p tepadi. Hojimat Abu-Dabi klubi bilan 2026-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.
Ma’lumot o‘rnida, hamyurtimiz o‘tgan mavsum yarmini "Paxtakor" safida ijara asosida o‘tkazdi.
Fikrlar