Rasman! Ikrom Aliboev O‘zbekiston chempionatiga qaytdi

  • 04.01.2025 21:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Ikro Aliboev O‘zbekiston chempionatiga qaytdi. Futbolchi "Neftchi" bilan shartnoma imzolaganini klub rasmiy sahifasi orqali ma’lum qilmoqda. 

Aliboev bundan oldin Janubiy Koreyaning "Sonnam" jamoasida harakat qildi. Uning klubi bilan shartnomasi 2026 yilning yanvarigacha edi, lekin futbolchi bitimni bekor qilib, O‘zbekistonga qaytdi. 

Aliboev shu paytgacha "Lokomotiv" va "Paxtakor" jamoalarida to‘p tepgan. Shu bilan birga, "Seul", "Tedjon" va "Kanvon"da ham harakat qildi. 

Aliboev faoliyati davomida Superligada 102 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lib, 10 ta gol urgan va 6 ta assist amalga oshirgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!