Rasman! "Inter" 19 yoshli hujumchini sotib oldi

  • 16.09.2020 19:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Lyutsern" klubi forvardi Darian Males faoliyatini "Inter"da davom ettiradigan bo‘ldi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi “neradzurrilar” bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzoladi. Ayrim OAV tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, "Inter" Malesni bir mavsumga "Jenoa"ga ijaraga beradi.

Transfermarkt saytida yozilishicha, ushbu transfer “Inter”ga 4 mln evroga tushgan.

Males o‘tgan mavsum Shveytsariya klubida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!