Rasman! Islombek Baratov “Buxoro” futbolchisi!

  • 09.07.2026 12:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Buxoro" jamoasi ikkinchi davra oldidan tarkibini kuchaytirmoqda. Birinchi davrani ajoyib tarzda yakunlagan Aleksandr Xomyakov jamoasi navbatdagi yurishni amalga oshirdi.

"Mavsumning ikkinchi qismi starti oldidan jamoamiz navbatdagi transferni amalga oshirdi! 

Birinchi davrada “Lokomotiv” safida toʻp surgan himoyachi Islombek Baratov “Buxoro” jamoasi bilan shartnoma imzoladi!

Islombek Baratov 2000-yilda tavallud topgan. Faoliyati davomida “Yangier”, “Shoʻrtan”, “Mashʼal hamda “Lokomotiv” kabi klublar safida toʻp surgan. Baratov oʻng qanot himoya va yarim himoyada birdek harakatlana oladi. Klublar miqyosida 100 ta uchrashuv oʻtkazib 9 ta gol va 7 assistni amalga oshirgan.

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi Islombek Baratovning iqtidori va mahorati yangi marralarni zabt etishda, hal qiluvchi pallalarda ishonchli oʻyin koʻrsatib, jamoaning gʻalabalari va yutuqlarini mustahkamlashda muhim rol oʻynashiga ishonch bildiradi.

“Buxoro” ahil oilasiga xush kelibsan ISA!
", - deyiladi klub matbuot xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!