Rasman! Ispaniya kubogi finali ham qoldirildi

  • 11.03.2020 22:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi koronavirus sabab mamlakat kubogi finalini qoldirishga qaror qildi.

Rejaga ko‘ra Ispaniya kubogi finali 18 aprel kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq, ushbu uchrashuv 30 may sanasiga qoldirildi. Finalning qoldirilishiga asosiy sabab Ispaniya futbol federatsiyasi ushbu muhim bellashuvni muxlislarsiz bo‘m-bo‘sh stadionda o‘tkazishni xohlamagan.

Eslatib o‘tamiz, hal uchrashuvda "Real Sosedad" va "Atletik" jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!