Rasman: Ivan Boškovich "So‘gdiyona"ni tark etdi!
Mavsumni ishonchsiz va qoniqarsiz boshlagan Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubida bosh murabbiy iste'foga chiqarildi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.
"So‘g‘diyona" futbol klubi hamda bosh murabbiy Ivan Boskovich o‘rtasidagi mehnat shartnomasi o‘zaro kelishuv asosida bekor qilindi.
Klubimiz Ivan Boskovichga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi hamda uning keyingi murabbiylik faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.
Jamoamizning yangi bosh murabbiyi haqida qo‘shimcha ma'lumotlar tez orada e'lon qilinadi", - deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib o‘tamiz, "So‘g‘diyona" 4 ta turdan so‘ng 1 durang va 3 mag‘lubiyat bilan 15-pog‘onani egalab turibdi.
Fikrlar