Rasman! Jezush "An-Nasr" bosh murabbiyi etib tayinlandi

  • 14.07.2025 23:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Portugaliyalik mutaxassis Jorji Jezush rasman Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi bosh murabbiyi bo‘ldi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti orqali ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, "An-Nasr" joriy yilda italiyalik murabbiy Stefano Piolini lavozimidan ozod etgan edi.

69 yoshli Jezush so‘nggi marta "Al-Hilol" jamoasida faoliyat olib borgan. Uning qo‘l ostida klub mamlakat chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi, "An-Nasr" esa mavsumni uchinchi pog‘onada yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!