Rasman! Joau Felish "Chelsi" futbolchisi
Portugaliyalik Joau Felish rasman "Chelsi" futbolchisiga aylandi. "Aristokratlar" futbolchining ijarasi uchun 10 milllion evro sarfladi va uning oylik maoshini ham to‘liq to‘laydi.
Shartnomaga ko‘ra, vinger 6 oyni Londonda o‘tkazadi va "Atletiko"ga qaytadi. U Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi ham.
Portugaliyalik futbolchi jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone bilan aloqalari yomonlashgach, klubni tark etishi aniq bo‘lgandi. Yozda argentinalik mutaxassisning "Atletiko"dan ketishi kutilmoqda.
Fikrlar