Rasman: Jordan Xenderson APLga qaytdi
Xenderson "Liverpul" bilan APL chempionligini qo‘lga kiritgan
"Ayaks"ni erkin agent sifatida tark etgan Jordan Xenderson faoliyatini Angliya Premer-Ligasida davom ettiradi. Futbolchi "Brentford" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xenderson ingliz klubi bilan 2027 yil yozigacha amal qiladigan bitimga imzo chekkan. Jordan 2011–2023 yillar mobaynida "Liverpul" sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, uning ayni paytdagi Transfermarkt portalidagi bozor qiymati 2,5 million evroni tashkil etadi

Izohlar (0)