Rasman! Kenan Yildiz "Yuventus" bilan shartnomasini yangiladi
Rasman "Yuventus" Kenan Yildiz bilan amaldagi shartnoma 2030 yilgacha uzaytirilganini e’lon qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, vingerning maoshi oshgan. U 4,5 yillik bitimga imzo chekdi va endilikda yiliga 6 million yevro ishlab topadi.
"Yuventus" bosh direktori Damien Komolli yangi shartnoma borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: "Kenan 2030 yilgacha yozigacha amal qiladigan shartnoma imzoladi. Biz "Yuventus"ni o‘z darajasiga qaytarishni istaymiz. Bu kelajagimiz uchun muhim qadam edi".
Fikrlar