Rasman: "Manchester Siti" sardori yozda jamoani tark etadi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi yordamchisi Xosep Linders yarim himoyachi Bernardu Silva mavsum yakunida jamoani tark etishini tasdiqladi.
"Jamoa sardori o‘ziga xos futbolchi, uni boshqa o‘yinchi bilan almashtirib bo‘lmaydi. Bunday futbolchilar juda kam. U so‘nggi oylarini yuqori darajada o‘tkazishiga umid qilaman. Oldimizda atigi olti hafta bor va u munosib tarzda xayrlashishga loyiq. U bunday e’tiborga arzaydi", — dedi Linders.
Ma’lumot uchun, Silva "shaharliklar" safida olti marta Angliya Premier-ligasi chempioni bo‘lgan. Ushbu mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar