
Rasman! "Manchester Yunayted" futbolchisi Bundesliga klubiga ko‘chib o‘tdi
"Manchester Yunayted"ning gollandiyalik yarim himoyachisi Tait Chong yangi mavsumni "Verder"da o‘tkazadigan bo‘ldi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, “bo‘rilar” 20 yoshli futbolchini 2021 yilning yozigacha ijaraga olgan. Chong yangi jamoasida 22-raqamni tanladi.
MYu tarbiyalanuvchisi hisoblangan Tait Chong “qizil iblislar” safida jami 16 ta o‘yinda maydonga tushgan va 2 ta golga assistentlik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar