Rasman: Markos Alonso — "Barselona" futbolchisi (foto)

  • 03.09.2022 00:52
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" himoyachisi Markos Alonso rasman "Barselona" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda kataloniyaliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, himoyachi "Barselona" bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

31 yoshli ispaniyalikning "ko‘k-anoranglilar" bilan shartnomasidagi tovon puli 50 million evro qilib belgilangan.

Alonso "Chelsi"ni tekinga tark etib, ispan klubi safiga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!