Rasman! Mashhur klub Kanteni olganini e'lon qildi
Turkiyaning eng nomdor klublaridan “Fenerbahçe” o‘z safiga fransiyalik yarim himoyachi N'Golo Kanteni qo‘shib olishni uddaladi.
Turk klubi matbuot xizmati Kante Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasidan “Fenerbahçe”ga ko‘chib o‘tganini va shartnoma imzolaganini rasmiy e’lon qildi.
- Ba’zi voqealar vaqt talab qiladi, ammo tugallanmay qolmaydi. “Fenerbahçemizga xush kelibsan, N'Golo Kante, - deb yozdi klub matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida.
Avvalroq, insayder Romano “Fenerbahçe” va “Al-Ittihod” hujjatlashtirishdagi muammolardan keyin transfer bo‘yicha FIFAdan “yashil chiroq” olganini xabar qilgan edi.
Xabarlarga qaraganda, futbolchi va turk klubi o‘rtasidagi shartnoma 2028 yil iyunigacha tuzilgan.
Eslatib o‘tamiz, kelishuv hujjatlar bilan bog‘liq muammolar sabab transfer oynasi davrida rasmiylashtirilmagan edi. Shundan so‘ng, turk klubi “Al-Ittihod” rahbariyatini transferni buzishda ayblagandi.
Fikrlar