Rasman. Maskerano sobiq jamoadoshlariga murabbiylik qiladi

  • 22.11.2024 19:29
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Xaver Maskerano "Inter Mayami"ning yangi bosh murabbiyi bo‘ladi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Lionel Messi bilan doimo do‘stona munosabatda bo‘lgan argentinalik murabbiy bilan kelishuv imzolangan. Hozirda tegishli hujjatlar tayyorlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, jamoaning avvalgi murabbiyi Jerardo Martino o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!