
Rasman: "Metallurg"ga yangi murabbiy tayinlandi
“Metallurg” PFK boshqaruvida o‘zgarish sodir bo‘ldi. Avvalroq, bosh murabbiy Andrey Shipilov o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqqani to‘g‘risida xabar bergan edik.
Klub matbuot xizmatining yozishicha, Shipilov o‘rniga taniqli mutaxassis Jasur Abduraimov “Metallurg” PFK bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Bugun “Metallurg” PFK rahbariyati Jasur Abduraimovni jamoa a’zolariga rasman bosh murabbiy sifatida tanishtirdi va Jasur Beradorovichning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.
Fikrlar