
Rasman! "Milan" de Ketelare transferini e’lon qildi (foto)
"Milan" klubi "Bryugge" jamoasidan Sharl de Ketelareni sotib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
21 yoshli iqtidor egasi 5 yillik bitimga imzo chekkan. Uning transferi uchun "rossonerilar" bonuslar bilan birga 35 million evro to‘laydi. Futbolchi yangi jamoasi safida 90-raqam ostida to‘p tepadi.
Ma’lumot o‘rnida, Sharlga "Milan"dan tashqari "Lids" va "Lester" kabi klublar ham qiziqish bildirayotgandi. U 2020 yil noyabr oyida Belgiya terma jamoasi safida debyut qilgan edi.
Fikrlar