Rasman! "Milan" himoyachisi "Atalanta"ga ko‘chib o‘tdi
"Milan" klubi himoyachisi Mattia Kaldara rasman "Atalanta"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra bergamoliklar 25 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan 2021 yilga qadar ijaraga olishgan.
Ma’lumot uchun, Kaldara joriy mavsum "Milan" safida birorta ham o‘yinda ishtirok etgani yo‘q. U asli “Atalanta” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida “Chezena” va “Yuventus” klublarida ham o‘ynagan.

Fikrlar