Rasman! Monchi "Roma"dan ketdi, uning o‘rnini Massara egalladi
Ramon Rodriges Monchi raman “Roma” klubi sport direktori lavozimidan ketdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra tomonlar o‘zaro kelishgan holda amaldagi shartnomani muddatidan avval bekor qilishgan. Uning o‘rnini esa Frederik Massara egalladi.
Ma’lumot uchun, 50 yoshli Monchi “Roma” safida 2017 yilning aprelidan buyon faoliyat olib borayotgan edi. Uning yangi ish joyi Londonning “Arsenal” klubi bo‘lishi aytilmoqda.
Fikrlar