Rasman! "Napoli" Evropa chempioni bilan shartnomani uzaytirdi

  • 16.07.2021 10:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali o‘ng qanot himoyachisi Jovanni Di Lorentso bilan amaldagi shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, tomonlar 2026 yilga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekgan.

Di Lorentso "Napoli" safida 2019 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda. U o‘tgan ikki mavsum davomida 95 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 15 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Jovanni Di Lorentso Italiya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U yaqinda “Skuadra Adzurra” safida Evropa chempioni bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!