Rasman! "Nasaf" himoyachisi "Lokomotiv"ga o‘tdi

  • 06.01.2026 16:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Shuhrat Muhammadiev "Lokomotiv"ga qaytdi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi.

"Shuhrat Muhammadiev - "Lokomotiv" futbolchisi!

Klubimiz tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biri Shuhrat Muhammadiev yana biz bilan.

"Lokomotiv" tarkibida 116 o‘yin o‘tkazib, 1 gol hamda 14 assist qayd etgan Shuhrat Muhammadiev yangi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladi.

Jamoamizga qaytish muborak, Shuhrat Muhammadiev!", - deyiladi xabarda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!