Rasman! "Navbahor" futbolchisi boshqa klubga o‘tdi

  • 6 yanvar, 2022, 18:47
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumni "Navbahor" jamoasi safida o‘tkazgan hujumchi Zabihillo O‘rinboev faoliyatini "Metallurg" tarkibida davom ettiradi.

Tecno

Bekobodliklar matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, tomonlar 2 yillik shartnoma imzolagan. 26 yoshli futbolchi "Bunyodkor", AGMK ("Olmaliq"), "Paxtakor", "Metallurg" klublarida ham to‘p tepgan va Bekobod unga begona emas.

O‘rinboev elitada 134 ta o‘yinda maydonga chiqqan, 7082 daqiqa harakat qilgan, 11 ta gol kiritgan, 10 ta sariq kartochka bilan jazolangan.
Zabihillo O‘rinboev yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni (2018) bo‘lgan. O‘zbekiston chempioni (2013), vitse chempioni (2016). O‘zbekiston kubogi (2013) va Superkubogi (2014) sohibi. Zabihillo “Metallurg”ga erkin agent sifatida “Navbahor”jamoasidan kelib qo‘shildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Fanat Navbahor
06/01/2022 18:52
Zabihillojooon ilohim borgan joyingda toshdek qotgin top urar bop ketgin yana shartnomani uzaytir iloji bolsa