Rasman! "Neftchi" 7 futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi. Ular orasida legioner ham bor

  • 20 dekabr, 2021, 11:55
  • 0
  • Futbol

"Neftchi" 2021 yili Pro liga chempionligi va Superliga yo‘llanmasini muddatidan oldin qo‘lga kiritganligi, mavsumda raqiblar darvozasiga to‘p kiritish bo‘yicha eng yuqori natijaga erishdi.

Bu muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishda darvozabonlar Akbar To‘raev va Mashhur Muhammadjonov, himoyachi Umar Athamzoda, yarim himoyachilar Abdulloh Olimov, Oybek Qilichev, Izzatilla Abdullaev va legioner Aleksandr Eshichning hissalari katta.

Ilhom Mo‘minjonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi ana shu yutuqlarni hisobga olib, mazkur futbolchilar bilan tuzilgan shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Jamoaga yangi o‘yinchilarni jalb etish yuzasidan klub rahbariyati muzokara va suhbatlarni davom ettirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!