Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Rasman: "Neftchi" Tabatadzeni qaytarib oldi!

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Transfer yangiliklari.

"Neftchi" klubi "Navbahor"dan ketgan gruziyalik hujumchi Toma Tabatadzeni yana ortga qaytardi va u bilan rasman shartnoma imzoladi.

U Ruminiya, Turkiya va Qozog‘iston klublarida o‘zini ko‘rsatib, 2023 yilda "Neftchi" jamoasida faoliyat yuritgan va muxlislar mehrini qozongan edi.

2024 yilgi mavsumda Namanganning "Navbahor" klubida to‘p surib, raqiblar darvozasiga 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan Toma Tabatadze yana Farg‘onaga qaytishga qaror qildi va jamoa bilan shartnoma imzoladi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q