Rasman! "Neftchi" xorvatiyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 08.02.2026 23:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Neftchi"dan navbatdagi yurish: Jamoa hujum chizig‘ini yevrolik forvard bilan to‘ldrirdi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi.

"Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan va tarkibni kuchaytirish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirayotgan jamoamiz bugun xorvatiyalik mahoratli hujumchi Stipe Perisa bilan shartnoma imzoladi.

Stipe Perisa 1995 yilning 7 iyulida Xorvatiyaning Zadar shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini 2012 yilda Xorvatiyada boshlagan Stipe Perisa 2013 yilda Angliyaning “Chelsea”, keyinchalik esa Italiyanning “Udineze” va “Frosinone”, Turkiyaning “Kasimpasha”, Angliyaning “Watford”, Isroilning “Massabi”, Belgiya ning “Standart” va Ruminiyaning “Dinamo” kabi taniqli jamoalarida to‘p surdi. 2013/2016 yillar davomida futbolchi Xorvatiyaning U-19, U-20 va U-21 terma jamoalari sharafini himoya qildi. Bundan tashqari Stipe Perisa Evropaning nufuzli musobaqalarida ham ishtirok etdi. Ular orasida UEFA Konferensiyalar ligasi, Evropa pley-off ligasi, Toto kubogi, Angliya futbol liga kubogi, Niderlandiya kubogi, Italiya kubogi, Belgiya kubogi musobaqalaridir.

Jamoamiz va far‘g‘onalik futbol muxlislari nomidan Stipe Perisaga “Neftchi” sharafini munosib himoya qilishiga katta ishonch bildiramiz va faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz", - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
09/02/2026 08:55
НЕФТЧИГА ОМАД ТИЛАГАН ХОЛДА БИР НАРСАГА ХАЙРОНМАН БЕГАРАЗ ШУНЧА МАБЛАГ КАЕРДАН НИМА САБАБ НАСАФ ХОТТО СУПЕР ЛИГА БИЛАН ХАЙИРЛАШИШИ МУМКИН МАБЛАГ ЮКЛИГИДА БУ У.Ф.А. ВА П.Ф.Л.НИ УЙИНИМАСМИ НЕФТИГАЗ МАБЛАГ АЖРАТМАСА БУНЕТКОР КАНДАЙ ЯШАЙДИ ХОМИЙЛИК ТУГАТИЛСА ЛАКАМАТИВ КАНДАЙ ЯШАЙДИ КОЛАВЕРСА БУТУН УЗБЕКИСТОН ЖАМОАЛАРИ КИМДИР СОТИБ ОЛГАН ПРОФЕСАНАЛ КЛУБМАМКУ ЕКИ КИМГАДИР БЕРДИЕВНИ НАСАФГА ИШЛАШИ ЕКМАЯПТИМИ НИМА САБАБ МАШАЛМАС ШУРТАНМАС АЙНАН НАСАФ БУ ЕРДА АНИК БИР СИР БОР ХЕЧ БУЛМАСА РАХБАРЛАР ЭРКАК БУЛИБ ОЧИК АЙТИШАР..