Rasman! Nikola Mirkovich "So‘g‘diyona" futbolchisi

  • 25.12.2025 13:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi mavsum oldidan o‘z oldiga yuksak maqsadlar va yuqori natijalarni ko‘zlagan “So‘g‘diyona” futbol klubi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda. Jamoa o‘z safiga darvozabon qo‘shib oldi.

"Jamoamiz serbiyalik tajribali darvozabon Nikola Mirkovich bilan kelishuvga erishdi. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2026 yil yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Nikola Mirkovich professional faoliyati davomida Evropa futbolida yaxshi tanilgan bir qator klublar safida to‘p surgan. Jumladan:
“Chukarichki”, “Novi Pazar”, “Metalac”, “Dobanovtsi”, “Mladost”, “SønderjyskE” (Daniya), “Atromitos Afina” (Gretsiya), “Rad”, “Spartak”, “Zvezda Gradačac”.

Darvozabonning so‘nggi klubi Serbiyaning “Chukarichki” jamoasi bo‘lgan.

“So‘g‘diyona” futbol klubi Nikola Mirkovichga jamoamiz safidagi faoliyatida omad va yorqin o‘yinlar tilaydi", - deya xabar berdi klub matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!