
Rasman! Nunez "Vulverxempton" amalga oshirgan eng qimmat xarid bo‘ldi
"Vulverxempton" "Sporting" futbolchisi Mateus Nunezni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub o‘zining rasmiy saytida ma’lum qildi.
23 yoshli yarim himoyachi "bo‘rilar" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekkan. Uning uchun APL klubi "Sporting"ga 50 million evro to‘lashga rozi bo‘ldi.
Shu tariqa, Nunez "Vulverxempton" xarid qilgan eng qimmat futbolchiga aylandi. Eslatib o‘tamiz, Mateus asli Braziliyada tavallud topgan. Ammo hozir u Portugaliya terma jamoasi safida to‘p tepadi.
Fikrlar