Rasman: O'zbek bokschisi WBA chempionlik jangidan mahrum etildi! Chempion boshqa raqib tanladi

  • 09.10.2026 06:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ikkinchi o‘rta vazn toifasida WBA chempionlik kamariga majburiy da’vogar bo‘lib kelayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziev rasmаn chempion Xayme Mungiaга qarshi jangdan mahrum bo‘ldi. 

Bu haqida DAZN Boxing xabar berdi.

Kecha Riyadh Season promouterlari 31 oktyabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadigan boks kechasining to‘liq dasturini e’lon qildi. Shouning bosh jangida sobiq mutlaq jahon chempioni, meksikalik Saul «Kanelo» Al’vares mag‘lubiyatsiz faoliyat yuritayotgan fransuz bokschisi Kristian Mbilliga qarshi WBC kamari uchun ringga ko‘tariladi.

Kechaning underkardida esa Xayme Mungia o‘zining WBA jahon chempionligi kamarini ixtiyoriy tarzda himoya qiladi. Unga raqib sifatida mag‘lubiyatsiz odimlayotgan rossiyalik Nikita Zonya tanlangan. Zonya hozirda WBA reytingining 9-pog‘onasida joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida WBA Mungiaга aynan Bektemir Meliqo‘zievga qarshi majburiy himoya jangini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi. O‘zbek bokschisi bir yildan ortiq vaqt davomida majburiy da’vogar maqomini saqlab kelayotgandi. Tomonlarga muzokaralarni 21 oktyabrga qadar yakunlash uchun muddat belgilangan edi.

Avvalroq Mungia jamoasi Meliqo‘zievga titul jangidan voz kechishi evaziga moliyaviy kompensatsiya taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan. 

O‘zbek bokschisi bu taklifni rad etdi va hatto gonorarsiz ham jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, u jangni O‘zbekistonda tashkil etishni taklif qilib, Mungia tomoniga jang o‘tkazish xarajatlariga qo‘shimcha mablag‘ ajratishga tayyorligini aytgan edi.

Ayrim manbalarning ta’kidlashicha, amaldagi chempion Mungia o‘ta kuchli zarbaga ega Bektemirdan qochib yuribdi. Meliqo‘ziev ijtimoiy tarmoqlar orqali bir necha bor majburiy da’vogar sifatida jang kamar uchun jang o‘tkazishga haqli ekanini ta’kidlab, murojaat yo‘lladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!