Rasman! Odil Hamrobekov legionerga aylandi (Foto)
"Paxtakor" va O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekov faoliyatini BAA chempionatida davom ettiradi.
"Shabab Al-Ahli" biroz avval, Odil transferini rasman e’lon qildi. Futbolchi dubayliklar safiga erkin agent maqomida borib qo‘shildi va mavsum so‘nggiga qadar shartnoma imzoladi.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, 25 yoshli Hamrobekov jarohat olib safdan chiqqan Aziz G‘aniev o‘rnini egallaydi.
Fikrlar