
Rasman! OKMK yangi futbolchi transferini e’lon qildi (video)
OKMK mavsumning ikkinchi yarmi va OChL yangi mavsumiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Olmaliqliklar matbuot xizmati so‘nggi uch yarim yilni Tailandning "Muangtong Yunayted" klubida o‘tkazgan, mahoratli hujumkor yarim himoyachi — Sardor Mirzaev bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi.
Sardor Mirzaev o‘z vaqtida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bilan O‘zbekiston chempionati va O‘zbekiston kubogida sovringa ega chiqqan futbolchi hisoblanadi. U faoliyati davomida "Neftchi" (Farg‘ona), "Lokomotiv" (Toshkent) va "Muangtong Yunayted" (Tailand) jamoalarida to‘p tepgan.
Uning statistikasiga e’tibor qaratsak, Sardor Mirzaev o‘tgan mavsum Tailand chempionati "Muangton Yunayted" safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi hamda sheriklariga 5 ta golli uzatma berdi. Butun faoliyati davomida esa futbolchi 244 ta uchrashuvda, 63 ta gol urgan va 27 ta golli uzatma bergan.
Fikrlar