
Rasman! Osimxen "Galatasaroy" futbolchisi
"Napoli" hujumchisi Vistor Osimxen Turkiya chempionatiga yo‘l oldi. U "Galatasaroy" futbolchisiga aylandi. Bu haqida Istanbul jamoasi o‘z sahifasi orqali ma’lum qilmoqda.
Nigeriyalik strayker bir mavsumlik ijara asosida "Galatasaroy"da harakat qiladi va ushbu muddatda klub uni 10 million evrolik maoshini to‘lab beradi.
2025 yilning yozida Osimxen boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishga harakat qilib ko‘radi. Shu sababli, u neapolliklar bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirib, tovon pulini 75 million evroga tushirdi.
Fikrlar