Rasman! Otabek Shukurov Turkiya klubiga o‘tdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Birlashgan Arab Amirliklarining "Sharja" klubi safida harakat qilayotgan yarim himoyachimiz Otabek Shukurov faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradi. Bu haqda "Sharja" jamoasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, legionerimiz yangi mavsumnm Andre Pirlo boshchiligidagi "Karagyumryuk" klubida boshlaydi. Hozircha turk jamoasi transferni rasman e’lon qilmadi.

Eslatib o‘tamiz, "Karagyumryuk" o‘tgan mavsum chempionatda 8-o‘rinni egallagan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!