Rasman! O‘zbekiston hududida UEFA Millatlar ligasi va Evropa chempionatlariga saralash bahslarini qaysi telekanallar namoyish qilishi e’lon qilindi
O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasi yana bir qator yirik futbol musobaqalarini mamlakat hududida namoyish etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Sport” telekanalining telegramdagi rasmiy kanali orqali ma’lum qilindi.
“Futbol olamidagi katta voqea (“Finalissima”) - Kopa Amerika g‘olibi Argentina va Evropa chempionati g‘olibi Italiya o‘rtasidagi o‘yin O‘zbekistonda namoyish etiladi.
O‘zbekiston MTRK 2022-yil 1-iyun kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan ushbu o‘yinni translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, UEFA tasnifidagi Millatlar ligasi yangi mavsumi, Evropa chempionati 2024 va 2028 saralash o‘yinlari namoyish huquqi ham xarid qilindi. Endilikda ko‘hna qit’ada terma jamoalar o‘rtasidagi qiziqarli uchrashuvlarni MTRK tizimidagi telekanallar, xususan “Sport” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin!”, - deyiladi “Sport” telekanalining telegramdagi rasmiy kanalida.
Fikrlar