Rasman. Prestianni futboldan chetlatildi

  • 23.02.2026 19:53
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Benfika" yarim himoyachisi Janluka Prestianni UEFA tomonidan "Real" vingeri Vinisius Juniorga qarshi UEFA Chempionlar Ligasi pley-offining birinchi o‘yinidan keyin irqchilik ishi bo‘yicha tergov davomida diskvalifikatsiya qilindi.

"UEFAning nazorat-axloqiy va intizomiy organi bugun Janluka Prestianini UEFA klublar o‘rtasidagi turnirning navbatdagi o‘yinida diskriminatsion hatti-harakatlar bilan bog‘liq UEFA intizomiy reglamentining 14-moddasini yaqqol buzgani uchun vaqtincha chetlatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Bu UEFA intizomiy organlari joriy tergov yakunlangandan keyin qabul qilishi mumkin bo‘lgan har qanday qarorga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi", - deyiladi UEFA rasmiy bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!