
Rasman! PSJ asosiy futbolchilaridan biri bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi (video)
PSJ o‘zining rasmiy saytida darvozabon Keylor Navas bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 34 yoshli kosta-rikalik posbon Parij klubida 2024 yilgacha qoladigan bo‘ldi.
Navas o‘tgan oy Ligi 1 da 3 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarning 1 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va 4 ta gol o‘tkazib yubordi.
Keylor Navas PSJ safiga 2019 yil ko‘chib o‘tdi. U bundan avval “Real” Madrid va “Levente” klublarida o‘ynagan.
Fikrlar