
Rasman! PSJ portugaliyalik yarim himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi
Rasman PSJ portugaliyalik yarim himoyachi Joau Neveshni o‘z tarkibiga ko‘shib olganini ma’lum qildi.
Parijliklar ushbu transfer uchun 60 million evro to‘ladi. Shu bilan birga, "Benfika"ga yana 10 million evro bonus ham qo‘shib berdi. Renatu Sanches esa ijara asosida Portugaliya klubiga ko‘chib o‘tdi.
PSJ 19 yoshli yarim himoyachi bilan 2029 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi. U yangi jamoasida 87-raqam ostida harakat qiladigan bo‘ldi.
Fikrlar