
Rasman! Rayan Babel "Ayaks"ga qaytdi
Amsterdamning "Ayaks" klubi "Galatasaroy" vingeri Rayan Babelni ijaraga oldi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli gollandiyalik futbolchi joriy mavsum yakunigacha “Ayaks”da ijarada o‘ynaydi.
Ma’lumot uchun, Babel “Ayaks” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu jamoa safida 2004-2007 va 2012-2013 yillarda to‘p surgan.
Babel joriy mavsum “Galatasaroy” tarkibida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar