Rasman! “Real” futbolchisi yangi mavsumni “Alaves” safida boshlaydi

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Xorxe Burgi “Alaves” bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi yangi jamoasi tarkibiga tekinga borib qo‘shilgan. Shu sababli “qirollik klubi”da uni keyinchalik sotib olish imkoniyati bor.

Ma’lumot uchun, Burgi o‘tgan mavsum Xixonning “Sporting” klubida ijara asosida o‘tkazgan edi. U La Ligada jami 34ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!