Rasman! "Roma" Urugvay terma jamoasi a’zosi bilan shartnoma imzoladi (FOTO)

  • 9 avgust, 2021, 15:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" o‘zining rasmiy saytida Braziliyaning "Palmeyras" klubi himoyachisi Matias Vinyaning transferini e’lon qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "bo‘rilar" 23 yoshli urugvaylik futbolchi uchun “Palmeyras”ga 13 million evro to‘lagan. Tomonlar 2026 yilga qadar shartnoma imzolashgan.

Vinya "Roma"da 5-raqam ostida to‘p suradigan bo‘ldi.

"Roma" priobrela zaщitnika "Palmeyrasa"

Matias Vinya "Palmeyras" safida 2020 yilning yanvaridan buyon o‘ynab kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 69 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!