
Rasman! Ronaldu PSJ bilan o‘yinda arablar jamoasi sardori bo‘ladi
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu PSJga qarshi bahsda "Al-Nassr" va "Al-Hilol" jamoalarining aralash tarkibiga sardor bo‘ladi. Bu haqda "ESPN" nashri xabar berdi.
Bu Krishtianuning saudiyaliklar safidagi ilk o‘yini bo‘lishiga qaramasdan, arablar uni sardor bo‘lishini ma’lum qilishdi. Afsuski, bu bellashuvda "Al-Nassr" tarkibidagi hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilmaydigan bo‘ldi. U kengaytirilgan tarkibdan o‘rin olmagan.
Ma’lumot o‘rnida, PSJ bilan uchrashuv 19 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar